O‘zbekiston va Qozog‘iston biznesi sanoat va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda
Biznes
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «O‘zbekiston – Qozog‘iston» biznes-forumida Qozog‘iston xususiy sektorining 100 dan ortiq vakili ishtirok etdi. Tadbir ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, yangi investitsiya loyihalarini muhokama qilish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Forum 5-avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Tadbirkorlar milliy palatasi «Atameken» tashabbusi bilan, Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma investitsiya tashabbuslarini ilgari surish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Joriy yilda forum ilk bor yangilangan formatda o‘tkazildi. An’anaviy B2B uchrashuvlari bilan bir qatorda, tadbirkorlarga dolzarb masalalarni muhokama qilish va amaliy takliflar bildirish imkonini bergan ochiq muloqot maydoni ham tashkil etildi.
Forum ishida BMB HOLDING bosh direktorining o‘rinbosari Xayrulla Nabijonov ham ishtirok etdi. U B2B muzokaralari doirasida Qozog‘istonning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashib, eksport hamkorligini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi.
Tashkilotchilar forum O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi iqtisodiy sheriklikni yanada mustahkamlash, yangi investitsiya imkoniyatlarini yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qilganini ta’kidladilar.

Powered by Froala Editor