O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Bojxona qo‘mitasi va Rossiya Federal bojxona xizmatining kinologiya bo‘limi hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Hujjat ikki idoraning bojxona kinologiya bo‘linmalarini tayyorlash va ularning faoliyati sohasidagi hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.

O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
Memorandum 9-sentabr kuni Toshkentda 7–9-sentabr kunlari o‘tkazilayotgan Jahon bojxona tashkilotining VII Global kinologiya forumi doirasida bojxona xizmatlari vakillari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha imzolandi.

«Rossiya bojxona xizmatining kinologiya bo‘limi bilan memorandum imzolandi», — deyiladi O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Hujjatga muvofiq, tomonlar hamkorlikning bugungi va kelgusidagi asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Hamkorlik markazida kinologlarni tayyorlash, xizmat itlarini bojxona ishida o‘qitish va qo‘llash, shuningdek, tajriba almashish masalalari turadi.

JSTO VII Global kinologiya forumi O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida ilk bor o‘tkazilmoqda. Tadbirda 50 dan ortiq mamlakat bojxona xizmatlari vakillari qatnashmoqda.

Forum ishtirokchilari bojxona sohasi oldidagi dolzarb muammolar, bojxona xavfsizligi, kinolog mutaxassislarni tayyorlash, xizmat itlarini o‘qitish va ulardan amaliy foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Toshkentda o‘tkazilayotgan forum milliy bojxona xizmatlari vakillari uchrashuvlari hamda kinologiya bo‘linmalari sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish uchun maydon yaratdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing