O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Avval erishilgan, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yetakchilar tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, muhim tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, O‘zbekiston va Rossiya hududlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar. Madaniy-ma’rifiy almashinuvning ahamiyati alohida qayd etildi.

Davlat rahbarlari joriy yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hududlar kengashining ikkinchi yig‘ilishiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, qator xalqaro masalalar muhokama qilindi va bo‘lajak oliy darajadagi muloqotlar rejasi kelishib olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing