O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi havo qatnovi bitimi imzolandi

O'zbekiston

Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tayotgan ICAN 2024 xalqaro tadbirida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi havo qatnovi bo‘yicha hukumatlararo Bitim imzolandi. Ushbu hujjat ikki davlat o‘rtasidagi transport aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida yangi havo qatnovi bitimi imzolandi
ICAN 2024 tadbiri doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi rahbari Toxir Nazarov Saudiya Arabistoni bilan hamkorlik bo‘yicha muhim kelishuvga erishdi. Bitim havo transporti sohasida ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va qatnovlarni kengaytirishni nazarda tutadi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi tadbir davomida yana 16 ta davlat bilan havo transporti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing