O‘zbekiston va Xitoy Termizda 10 milliard dollarlik loyihalarni taqdim etdi
Iqtisodiyot
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida o‘tkazilgan birinchi O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumi doirasida umumiy qiymati qariyb 10 milliard dollar bo‘lgan 95 ta istiqbolli loyiha taqdim etildi. Shundan 63 ta loyiha bo‘yicha 6,25 milliard dollardan ortiq dastlabki investitsiya kelishuvlariga erishildi.
Forumda 120 dan ortiq Xitoy kompaniyasi va 350 nafardan ziyod biznes vakili ishtirok etdi. Shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari, davlat idoralari vakillari, Afg‘onistondan qariyb 100 nafar ishtirokchi, xalqaro tashkilotlar va OAV vakillari qatnashdi.
Biznes dastur B2B, B2G va G2G formatidagi muzokaralarni qamrab oldi. Tomonlar qo‘shma loyihalar, investorlar uchun sharoitlar, infratuzilma va transport masalalarini muhokama qildi.
Logistika masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar «Ayritom» punkti, «Termiz» daryo porti va «Termiz Kargo» logistika markaziga tashrif buyurdi. Xalqaro avtomobil tashuvlari bilan bog‘liq masalalar va transport aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Loyihalar sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, neft-gaz va kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik, chorvachilik, baliqchilik hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish sohalarini qamrab oladi. Turizm, ta’lim va savdo yo‘nalishlari ham taqdim etildi.
Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha 10 ta loyiha qiymati 1,027 milliard dollarni, xizmatlar sohasidagi 13 ta dastlabki kelishuv esa 1,015 milliard dollarni tashkil etadi.

Powered by Froala Editor