O‘zbekiston va Xitoy xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Dunyo
O‘zbekiston va Xitoy huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirish va xavfsizlik sohasidagi aloqalarni kengaytirishga kelishib oldi. Muzokaralar O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi delegatsiyasining Xitoyga rasmiy tashrifi doirasida Pekinda bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston IIV delegatsiyasiga ichki ishlar vaziri, general-leytenant Aziz Tashpulatov, Xitoy tomoniga esa XXR jamoat xavfsizligi vaziri Van Syaoxun boshchilik qildi. Tomonlar O‘zbekiston IIV va Xitoy jamoat xavfsizligi vazirliklari o‘rtasida 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini izchil amalga oshirish, shuningdek, «Markaziy Osiyo – Xitoy» formatidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishdi.
Muzokaralarning asosiy yo‘nalishlaridan biri terrorizm va ekstremizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, uyushgan hamda boshqa transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘ldi. Kiberxavfsizlik va raqamli kriminalistika sohasida ilg‘or tajriba almashish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning amaliy hamkorligini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar biometrik identifikatsiya, zamonaviy kriminalistika texnologiyalari, politsiya aviatsiyasi va uchuvchisiz qurilmalardan foydalanish sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ham muhokama qildi.
Uchrashuvda Xitoy hukumati va Jamoat xavfsizligi vazirligining O‘zbekiston IIV moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi qayd etildi. IIV Akademiyasining Innovatsion ta’lim markaziga alohida ahamiyat berilib, u zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Pekinda Markaziy Osiyo davlatlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralari rahbarlari va xitoylik hamkasblar uchrashuvi ham bo‘lib o‘tdi. Unda transchegaraviy jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurash asosiy yo‘nalishlardan bo‘ldi.
Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari uchun yangi o‘quv bazasi ochildi. U malaka oshirish, tajriba almashish va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirish maydoniga aylanadi.
Uchrashuvlar yakunida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishning navbatdagi vazifalari belgilandi.

Powered by Froala Editor