O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi

O'zbekiston

Bryussel shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi tarixiy bitim imzolandi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev, Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta hamda Yevropa komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirok etdi.

O‘zbekiston va YeI o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida tarixiy bitim imzolandi
2025-yil 24-oktabr kuni Bryusselda O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Ushbu hujjat 1996-yilda tuzilgan avvalgi bitim o‘rnini bosib, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi huquqiy asosni sezilarli darajada kengaytiradi.

Bitim bo‘yicha muzokaralar 2019-yil fevral oyida boshlangan va 2022-yil iyul oyida Bryusselda yakunlangan edi.

Hujjat 9 ta bo‘lim, 356 ta modda va 14 ta ilovadan iborat bo‘lib, savdo, sarmoya, barqaror rivojlanish, ilm-fan, innovatsiya, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi kabi deyarli barcha sohalarni qamrab oladi.

Ushbu kelishuv O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beradi va ikki tomonlama munosabatlarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing