Toshkentda Trans-Kaspiy transport yo‘lagi bo‘yicha ikkinchi Milliy konferensiya o‘tkazilmoqda
Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Trans-Kaspiy transport yo‘lagini (TTYo) rivojlantirish, infratuzilmaga investitsiyalar jalb etish va yo‘nalish samaradorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qildi. 30-sentyabr kuni Toshkentda TTYo bo‘yicha ikkinchi Milliy konferensiya o‘z ishini boshladi. Unda davlat organlari, xalqaro moliya institutlari, taraqqiyot hamkorlari va xususiy sektor vakillari qatnashmoqda.
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov va Yevropa Komissiyasining Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bo‘yicha direktori Peteris Ustubs O‘zbekiston va YI o‘rtasidagi transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi. Asosiy e’tibor yo‘nalish bo‘ylab muhim investitsiyalar va islohotlarni ilgari surish, shuningdek, yanada ishonchli va uzoq muddatli savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratildi.
Konferensiyada Trans-Kaspiy transport yo‘lagini rivojlantirish, infratuzilmaga investitsiyalar jalb qilish va loyihalarni moliyalashtirish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, islohotlar O‘zbekistonning Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi barqaror transport aloqalarini ta’minlashdagi rolini qanday kuchaytirishi muhokama qilinmoqda. Ustuvor yo‘nalishlar qatorida temir va avtomobil yo‘llari, logistika, transport va savdo hujjatlarini raqamlashtirish, chegara tartib-taomillarini soddalashtirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish bor.
Mahkamov YI va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, TTYo barqaror rivojlanishi uchun temir va avtomobil yo‘llarini zamonaviy logistika infratuzilmasiga tayangan yagona tizimga birlashtirish zarur.
O‘zbekiston zamonaviy logistika markazlari va omborlar tarmog‘ini rivojlantirmoqda. Gruziya portlarida o‘z terminalini tashkil etish, Ozarbayjon hamkorlari bilan Kaspiy dengizida yuk tashish salohiyatini oshirish, yangi yuk kemalarini xarid qilish va qatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda.
«Zamonaviy transport yo‘lagi — bu nafaqat sifatli yo‘llar. Bu, avvalo, qarorlarni tezkor qabul qilish va to‘siqlarsiz muhitdir», — dedi Mahkamov.
Vazir transport va bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, mintaqaviy integratsiyani kuchaytirish, xalqaro tajribani jalb etish va xususiy sektor bilan faol hamkorlik qilish TTYo samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanini qayd etdi. «CASCA+» multimodal yo‘nalishi doirasida temir yo‘l tashuvlariga 70 foizlik chegirma yuk tashuvchilar va biznes uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.
Konferensiya YI ko‘magidagi TTYo Muvofiqlashtirish platformasi doirasida o‘tkazilmoqda. Uning natijalari koridor samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan keyingi investitsiyalar va chora-tadbirlar uchun asos bo‘ladi.

Powered by Froala Editor