O‘zbekiston yoshlari ShHT Delfiya o‘yinlarida ishtirok etmoqda
O'zbekiston
Bishkek shahrida ShHTga a’zo davlatlarning ilk yoshlar Delfiya o‘yinlari boshlandi. Unda 600 dan ortiq ishtirokchi qatorida O‘zbekiston vakillari ham bor.
Bishkekda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning ilk yoshlar Delfiya o‘yinlari tantanali ravishda ochildi. Tadbir Toktog‘ul Satilganov nomidagi milliy filarmoniyada bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida Qirg‘iziston hukumati, shahar ma’muriyati va xalqaro madaniy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Nurlan Yermekbayev nomidan nutq so‘zlanib, yoshlar o‘rtasida madaniy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
O‘yinlar ShHTning 25 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, Belarus, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston yosh iste’dodlarini birlashtirdi.
600 dan ortiq ishtirokchi 28 martga qadar turli yo‘nalishlarda — tasviriy san’at, hunarmandchilik, xalq qo‘shiqlari va raqslari, an’anaviy cholg‘ular, fortepiano, estrada qo‘shiqchilik va DJlik bo‘yicha bellashadi.
Dastur yoshlarning ijodiy salohiyatini ochish, madaniy almashinuvni kuchaytirish va erkin ijodiy muhit yaratishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor