O‘zbekistonda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi

O'zbekiston

O‘zbekistonda 2024-yil oxirigacha 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligininb matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi
Ma’lum qilinishicha, 2024-yil yanvar-aprel oylari davomida xalqaro avtobus yo‘nalishlarida 173 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Ko‘rsatkichlar, 2023-yil mos davriga nisbatan 15% oshgan.

2024-yil davomida 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishlarini ochilishi rejalashtirilgan.

Bular, Samarqand – Bishkek, Buxoro – Bishkek, Buxoro – Ostona, Samarqand – Turkiston, Buxoro – Turkiston, Shaxrisabz – Turkiston, Samarqand – Dushanbe, Buxoro – Dushanbe, Toshkent – Ufa, Toshkent – Krasnodar.

Qayd etish joizki, bugungi kunda jami 32 ta milliy va xorijiy tashuvchilar tomonidan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha jami 196 ta avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing