O‘zbekistonda 2023-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi

O'zbekiston

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida 1-aprel kuni Ochiqlikni taʼminlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholash komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonda 2023-yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksi natijalari eʼlon qilindi
Bu yilgi baholashda jami 103 ta (2022-yilda — 86 ta) respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirlik, qo‘mita, agentlik, inspeksiyalar va mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati qamrab olindi. Yakuniy natijalar keng jamoatchilik uchun index.anticorruption.uz plaftformasiga ochiq joylashtirildi.

Baholash natijalariga ko‘ra, 31 ta davlat organi “yashil” (71-100 ball), 43 tasi “sariq” (55-71 ball) va 29 tasi “qizil” (55 balldan past) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etgan.

Eng yuqori ball to‘plagan 3 ta vazirlikdan Raqamli texnologiyalar vazirligi, Tog’-kon sanoati va geologiya vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi mos ravishda 82,4, 71,7 va 71,4 ball to‘pladi. Eng past ballni Tashqi ishlar vazirligi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Sport vazirligi mos ravishda 50,2, 47,1 va 47,0 ball bilan olgan.

Eslatib o‘tamiz, iIkkinchi bor eʼlon qilinayotgan Ochiqlik indeksi 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida shakllantirilib kelinmoqda. Indeksda samaradorlik ko‘rsatkichlari 71 balldan 100 ballgacha to‘plaganlar - “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha bo‘lganlar - “sariq” va 55 balldan past ko‘rsatkich qayd etganlar - “qizil” toifalarga kiritiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing