Oʻzbekistonda bank omonatlarini himoya qilish boʻyicha yangi qonun qabul qilindi
Iqtisodiyot
2025-yil 18-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasida “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1031-sonli Qonun qabul qilindi.
Ushbu hujjat jismoniy va yuridik shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning banklardagi omonatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, ularning huquqiy manfaatlarini kafolatlash mexanizmlarini belgilaydi.
Qonunga koʻra, Omonatlarni kafolatlash agentligi banklarda saqlanayotgan omonatlarning himoya qilinishini taʼminlovchi vakolatli organ sifatida belgilangan. Ushbu agentlik kafolatlash hodisasi yuzaga kelgan taqdirda, omonatchilarga kompensatsiya to‘lash orqali ularning mablag‘larini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
Barcha banklar, shu jumladan mikromoliya banklari va oraliq banklar litsenziya olgan paytdan boshlab kafolatlash tizimining ishtirokchisiga aylanadi.
Agar bankda omonatchining mablag‘i kafolatlash tizimi doirasida qoplash lozim bo‘lsa, quyidagi tartib qo‘llaniladi:
200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlar – to‘liq hajmda qoplanadi.
200 million so‘mdan oshgan omonatlar – faqat 200 million so‘mgacha bo‘lgan qismi kafolatlanadi.
Agentlik tugatilayotgan bank omonatchilarining kamida 75 foiziga kompensatsiya to‘lash imkoniyatini quyidagi muddatlarda ta’minlashi shart:
2025-yil 1-yanvardan boshlab – 20 ish kuni ichida.
2026-yil 1-yanvardan boshlab – 15 ish kuni ichida.
2027-yil 1-yanvardan boshlab – 7 ish kuni ichida.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi va bank mijozlarining omonatlarini yanada mustahkam himoya qilishga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor