O'zbekistonda birinchi qor qachon yog'ishi aytildi

O'zbekiston

Oʻzbekistonga sovuq havo bosqichma-bosqich kirib kelmoqda, qor va yomgʻir yogʻadi.

O'zbekistonda birinchi qor qachon yog'ishi aytildi
Joriy yilning 9-14-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga shimoldan bosqichma-bosqich sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya markazi e'lon qildi.

Ma'lum qilinishicha, 9-dekabr kuni respublikaning markaziy va sharqiy viloyatlarida, 10-dekabrda shimoliy va choʻl hududlarida, 11-dekabrda respublika boʻyicha yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda baʼzi joylarda kuchli boʻladi.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va 12-14-dekabr kunlari kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuqgacha; shimolda kechasi 17-20 daraja, kunduzi 9-12 daraja sovuqqacha pasayadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing