O‘zbekistonda faqat mahalliy mahsulotlar bilan Mall ochiladi

O'zbekiston

O‘zbekistonda faqat mahalliy yengil sanoat mahsulotlari sotiladigan ixtisoslashtirilgan savdo markazlari paydo bo‘ladi.

O‘zbekistonda faqat mahalliy mahsulotlar bilan Mall ochiladi
Yurtimizda tayyor kiyim-kechak, poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaradigan 4 mingdan ziyod korxona bor. Lekin, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek, bu tovarlarni aholiga bir joyda keng taqdim etadigan infratuzilma haligacha yo‘q.

Shu bois "Mall of Uzbekistan" brendi ostida faqat milliy tovarlar sotiladigan yirik savdo markazlari tashkil etish loyihasi boshlanadi. Bunday majmualardagi do‘konlar tadbirkorlarga minimal ijara stavkasida beriladi.

Bundan tashqari, tarmoq korxonalari uchun soliq imtiyozlari ro‘yxati kengaytirildi. Xodimlarining kamida 15 foizi ehtiyojmand oilalardan bo‘lgan to‘qimachilik va poyabzal ishlab chiqarish korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasi 2 foizni, ijtimoiy soliq 1 foizni tashkil etadi.

Ushbu imtiyozlarni olish shartlariga ham tuzatishlar kiritildi: endi ehtiyojmand xodimlarning talab qilinadigan ulushi ikki baravar kamaytiriladi. Shu bilan birga, bunday xodimlar qatoriga nogironligi bo‘lgan shaxslar ham rasman kiritiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing