O’zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqa miqdori oshmaydi
Iqtisodiyot
Ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan hamda 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu xabarlarni rad etdi. Vazirlik o'z rasmiy sahifasida shunday post qoldirdi.
"Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda ish haqi, pensiya va nafaqalarning 2025-yil 1-martdan va 1-avgustdan 10 foizga oshirilishi to‘g‘risida xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilamiz. Ish haqi va pensiyalar bo‘yicha har qanday rasmiy ma’lumotlar tegishli davlat organlarining rasmiy manbalari orqali e’lon qilinadi.
Ishonchli manbalarga tayaning va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmang!" deya raddiya bildirildi xabarda.

Powered by Froala Editor