O‘zbekistonda taqiqlangan ekstremistik kanallar ro‘yxati e’lon qilindi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan internet jahon tarmog‘idagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasiga ko‘ra, jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etganlik uchun – BHMning 200 baravari miqdorida jarimadan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
Shuningdek, Jinoyat kodeksi 244-3-moddasiga ko‘ra, diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatganlik uchun BHMning 100 baravari miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
"Hurmatli fuqarolar! Qadrli ota-onalar va yoshlar! Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang", deya Oliy sud ogohlikka da'vat etdi.

Powered by Froala Editor