O'zbekistonda transport xizmatlari eksporti 3 milliard AQSH dollariga yetkaziladi
Iqtisodiyot
Prezident Shavkat Mirziyoyev transport xizmatlari eksporti hajmini 3 milliard AQSH dollariga yetkazish bo'yicha topshiriq berdi. Mazkur topshiriq transport-logistika tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari bo'yicha taqdimotda belgilangan.
So'nggi yetti yilda O'zbekistonda yuk tashuvchi avtotransport vositalari soni 7 barobarga oshib, 26 mingtaga yetdi, xalqaro yuk tashuvlarida mahalliy tashuvchilarning ulushi 35 foizdan 60 foizni tashkil qilmoqda.
"G'arbiy yo'nalishda yuklarni yetkazib berish muddati ikki baravarga, xarajatlar esa 1,5 baravarga oshdi. Yevropa davlatlari chegaralaridagi ayrim o'tkazish punktlari yopiq, boshqalarida uzoq navbatlar hosil bo'lgan. Shu munosabat bilan transport-logistika tizimini izchil rivojlantirish va tashqi savdo yo'nalishlarini diversifikatsiya qilish zarurligi ta'kidlandi", – deya O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mahalliy ekspeditorlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning xalqaro tashuvlardagi xizmatlari uchun QQS bekor qilinadi. Bu o'z navbatida, ularning bozordagi ulushini 45-50 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Shuningdek, jarayonlarni yaxshilash uchun chegarada elektron navbatni joriy etish, o'tish vaqtini 20 daqiqagacha qisqartirish va transportning onlayn-monitoringini joriy etish taklifi bildirildi.

Powered by Froala Editor