O’zbekistonda yil boshidan beri 30 mingga yaqin shaxs sudlandi

O'zbekiston

Oliy Sud taqdim etgan ma’lumotga ko’ra, 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan.

O’zbekistonda yil boshidan beri 30 mingga yaqin shaxs sudlandi
2024-yilning dastlabki 6 oyida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 37 179 nafar shaxsga nisbatan 29 086 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shulardan 465 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilingan, deb xabar bermoqda Oliy Sud matbuot xizmati.

Sudlangan shaxslar soni 29 382 nafarni tashkil etib, shundan 10 287 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 18 579 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlangan.

Sudlangan shaxslarning 26 028 nafari erkak, 3 354 nafari ayol, 11 145 nafari yoshlar (shu jumladan 1 068 nafari voyaga yetmagan) va 1 105 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

Shuningdek, 3 432 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilingan, 16 624 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan, 5 620 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirilgan va 6 976 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing