O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar o’tkazilmoqda

O'zbekiston

O‘zbekistonda "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazilmoqda. Oʻzbekiston viloyatlari aholisiga zilzila vaqtidagi harakatlar rejasi boʻyicha zarur koʻrsatmalar berildi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.

O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlikni kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar o’tkazilmoqda
Ma’lum qilinishicha, Toshkent, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Andijon viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasida zilzila hodisasi sodir bo'lganda harakatlanish, binoni tark etish usullari bo‘yicha o‘quv mashqlari o‘tkazilib, aholini bilim va ko'nikmalari oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda qurilish ustidan nazoratni kuchaytirish va ko‘p qavatli uylarning seysmik himoyasini yaxshilash choralari ko‘riladi. Bundan tashqari, kuchli zilzilalar paytida qutqaruv ishlarini olib borish uchun ko‘ngillilar guruhlari tuzila boshlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing