O‘zbekistondagi shifokor va hamshiralar qancha oylik oladi?
O'zbekiston
OʻzAga koʻra, mamlakatdagi shifokor va hamshiralar 2,5 mln soʻmdan 14,7 mln soʻmgacha oylik olishadi. Birgina oliy toifali xirurgning o‘rtacha maoshi 4,7 mln so‘m, yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshirganda 5,9 mln so‘m, ustamalar bilan 9,4 mln so‘m, ilmiy darajasi bo‘lsa 12,3 mln so‘mni tashkil qiladi.
Oʻzbekistonda oliy toifali tibbiy brigada hamshirasining o‘rtacha maoshi 2,5 mln so‘m, ustamalar bilan 5 mln so‘mni tashkil qiladi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy toifali operatsiya hamshirasining o‘rtacha oylik ish haqi 3 mln so‘m, ustamalar bilan 6,7 mln so‘m, oliygohni yangi bitirgan salohiyatli oilaviy shifokorning ish haqi esa 2,7 mln so‘m, ustamalar bilan 5,4 mln so‘mga teng.
Agar shifokor ilmiy darajasi bo‘lsa 6,2 mln so‘m, yangi ish boshlaganligi uchun qo‘shimchasi bilan esa 7,2 mln so‘m maosh oladi. Agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa daromadi 9,2 mln so‘mga yetadi.
Oliy toifali xirurg shifokorning o‘rtacha maoshi 4,7 mln so‘m, yuqori texnologiyali operatsiyalar amalga oshirganda 5,9 mln so‘m, ustamalar bilan 9,4 mln so‘m, ilmiy darajasi bo‘lsa 12,3 mln so‘mni tashkil qiladi.
Xabarga koʻra, oilaviy shifokorlik punktida ishlovchi oliy toifali shifokorning o‘rtacha maoshi 4,9 mln so‘m, ustamalar bilan 9,8 mln so‘m, ilmiy darajasi bo‘lsa 12,7 mln so‘m, agar ushbu darajadagi shifokor olis va chekka hududlarga borib ishlasa 14,7 mln so‘m oylik maosh oladi.

Powered by Froala Editor