O‘zbekiston obodonlashtirish va chiqindilarni qayta ishlashning yangi tizimiga o‘tmoqda

O'zbekiston

Hududlarda obodonlashtirish, tozalikni ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

O‘zbekiston obodonlashtirish va chiqindilarni qayta ishlashning yangi tizimiga o‘tmoqda
Yig‘ilishda tadbirkorlar o‘ziga biriktirilgan hududda daraxt va gullar ekish, ularni parvarishlash, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish bilan birga chiqindilarni olib ketish bilan ham shug‘ullananishi ta’kidlandi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorlar tumandagi umumiy obodonlashtirish bilan shug‘ullanadi va shunga yarasha haq oladi.

Chiqindi poligonlarini tartibga keltirish va chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha ham yangi tizim tashkil etilishi belgilandi.

Mavjud 194 ta poligondan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.

Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish loyihasini boshlash topshirildi. Chiqindi xizmati bilan barcha korxona va tashkilotlarni qamrab olish muhimligi ta’kidlandi.

Qolaversa, Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi, aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing