O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlagani uchun oltin medalidan mahrum qilindi

Sport

Tailandda o‘tgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik bokschi Xavasbek Asadullayev qo‘pol qoidabuzarlik tufayli diskvalifikatsiya qilindi va oltin medalidan mahrum etildi. Bu haqida Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik bokschi raqibini tishlagani uchun oltin medalidan mahrum qilindi
71 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi finalda Xavasbek Asadullayev qozog‘istonlik tajribali bokschi, uch karra jahon chempionati bronza medali sovrindori Ablayxon Jusupov bilan jang qilib, uni mablug' qilgan edi. Ammo jang davomida Asadullayev raqibining yelkasini tishlab, qoidani qo‘pol ravishda buzgan.

Qozog‘iston boks federatsiyasining bu haqida e’tirozidan so‘ng, chempionatning texnik delegati, irlandiyalik Sedi Daffi xonim mazkur qoidabuzarlikni ko‘rib chiqdi va Asadullayevni diskvalifikatsiya qilish qarorini qabul qildi. “Raqibni tishlash qoidalarga zid harakat bo‘lib, jang davomida hakam bu holatni payqamagan. Ammo keyinchalik voqea aniqlandi.

Reglamentga muvofiq, bokschi diskvalifikatsiya qilingan taqdirda, jangda g‘alaba raqibga beriladi. Shunday qilib, o'zbekistonlik bokchisning g'alabasini qozog'istonlik sportchi Ablayxon Jusupov avtomatik tarzda o'tkazilib, g‘olib deb e’lon qilindi”, deyiladi ASBCning rasmiy bayonotida.

Turnir natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston umumiy hisobda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritib musobaqada birinchi o‘rinni egallagan edi. Qozog‘iston esa (4−6−1) hisob bilan keyingi o‘rinlarni egallagan edi. Bu voqeadan so'ng O'zbekiston hisobidan bitta oltin medal, Qozog'iston jamoasiga olib berildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing