O‘zbekistonlik sportchi Pragada o‘tkazilgan xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi

Sport

\Chexiyaning Praga shahrida yengil atletika boʻyicha Josef Odlozil Memorial xalqaro turniri boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda O’zbekiston MOQ matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik sportchi Pragada o‘tkazilgan xalqaro turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi
Yevropa bo'ylab musobaqalarda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Anvar Anvarov Butunjahon yengil atletika federatsiyasining bronza darajasidagi ushbu startda kumush medalga sazovor boʻldi.

Uzunlikka sakrash dasturida qatnashgan Anvarov 7,92 metr natija qayd etishga muvaffaq boʻldi. Ahamiyatlisi, gʻoliblikka erishgan 18 yoshli chexiyalik Petr Meyndlshmid ham xuddi shunday natija koʻrsatgan. Biroq urinishlar holatiga koʻra mezbon atlet oltin medalga ega chiqdi.

Petr Meyndlshmid (Chexiya) – 7,92 metr

Anvar Anvarov (Oʻzbekiston) – 7,92 metr

Rusval Samaai (JAR) – 7,75 metr

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing