O‘zbekistonliklar Italiyada mavsumiy ishlarga jalb qilinadi
Dunyo
O‘zbekiston va Italiya o‘zbekistonliklarni qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Shartnomalar 3 oydan 9 oygacha davom etadi.
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy ishlar bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, hujjat Associazione Imprese Ortofrutticole bilan tuzilgan.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Behzod Musayev, Ibrohim Abdurahmonov, Franchesko Lollobrijida hamda Confagricoltura vakili Luka Brondelli ishtirok etdi.
Uyushma 35 dan ortiq kompaniyani birlashtirib, meva-sabzavot yetishtirishdan tortib eksportgacha bo‘lgan to‘liq jarayonni qamrab oladi.
Marko Salvining aytishicha, 2026 yilda pilot loyiha doirasida 100 nafar o‘zbekistonlik ish bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Italiyadan sun’iy intellekt asosidagi agrotexnologiyalarni joriy etishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor