O‘zbekistonliklar orasida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishning qaysi yo‘nalishlari ommalashgani ma’lum bo’ldi

O'zbekiston

2024-yilda Rossiya oliy oʻquv yurtlarida 50 mingdan ortiq Oʻzbekiston fuqarosi taʼlim olgan.

O‘zbekistonliklar orasida Rossiya oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishning qaysi yo‘nalishlari ommalashgani ma’lum bo’ldi
Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida muhandislik-texnika mutaxassisligi eng ommabop ta’lim yo‘nalishi hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Ta'lim va fan vazirligi rahbari o'rinbosari Konstantin Mogilevskiy matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning 8,6 ming nafardan ortiq fuqarosi Rossiya Federatsiyasi oliy oʻquv yurtlarida iqtisod, 2 mingdan ziyodi huquqshunoslik, 4 mingga yaqini menejment, 2,6 ming nafari tibbiyot fanlari, 1,8 ming nafari o'qituvchilik ma'lumotiga ega.

Mogilevskiy 2024-yilda Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlarida 50 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi tahsil olganini, joriy o‘quv yilida esa 8 ming kishi Rossiya oliygohlarining O‘zbekistondagi filiallarida o‘qishni tamomlaganini aytib o’tgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing