«O‘zmetkombinat» va J.P. Morgan strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni muhokama qildi
Biznes
«O‘zmetkombinat» AJ rahbariyati J.P. Morgan vakillari bilan korxonaning strategik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi. 24-iyul kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda korxonaning xomashyo bazasini mustahkamlash va xalqaro kapital bozorlaridan mablag‘ jalb etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda «O‘zmetkombinat» AJ Boshqaruv raisi — bosh direktori Bahodir Abdullayev hamda moliyaviy-iqtisodiy masalalar va transformatsiya bo‘yicha rais o‘rinbosari Hasan Haydarov ishtirok etdi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri korxonani barqaror xomashyo resurslari bilan ta’minlashga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish bo‘ldi. Xususan, korxonaning xomashyo bazasini mustahkamlashda muhim o‘rin tutuvchi Tebinbuloq loyihasi istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar xalqaro kapital bozorlaridan mablag‘ jalb qilish, zamonaviy moliyaviy instrumentlardan foydalanish, moliyalashtirish mexanizmlari va uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, xomashyo ta’minoti barqarorligini oshirish va moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi investitsiya dasturi taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha muloqotni davom ettirish, maqbul moliyaviy modellarni ishlab chiqish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor