O‘zsanoatqurilishbank “Euromoney” jurnali tomonidan nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘ldi
Iqtisodiyot
Joriy yilning 18-iyul kuni Londonda “Euromoney” xalqaro jurnali tomonidan “Bank va moliya sektori 2024” mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zsanoatqurilishbank “O‘zbekistonning eng yaxshi banki”, “Ekologik, ijtimoiy va korporativ sohalardagi eng yaxshi bank” (ESG) va “O‘zbekistonning eng yaxshi korporativ banki” nominatsiyalari bo‘yicha taqdirlandi.
“Euromoney” tahlilchilari ta’kidlaganidek, O‘zsanoatqurilishbank faoliyatini transformatsiya qilish natijasida so‘nggi besh yil ichida bank ko‘rsatkichlari bir necha barobarga o‘sdi. Bank, chakana biznes bilan bir qatorda, kichik va o‘rta biznes segmentlarini rivojlantirish, yangi mahsulotlarni joriy qilish, Joyda mobil ilovasi jozibadorligini oshirish va bankdagi barcha biznes jarayonlarni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratdi.
Korporativ mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida bank yangi mexanizm yaratdi. Bosh ofisda alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilib, har bir korporativ mijozga xizmat ko‘rsatuvchi mas’ul menejer jalb qilindi va mijozlar bilan bevosita va doimiy muloqot yo‘lga qo‘yildi.
Taqdirlash marosimida bankning ESG loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirishi, mamlakatda ijtimoiy, ekologik va korporativ barqarorlikni ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi alohida ta’kidlandi. Qayd etish lozimki, 2023-yilda bankning “yashil” kredit portfeli o‘tgan yilga nisbatan 79 foizga oshgan va ayni paytda 580 million dollarni tashkil qiladi. O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “yashil” yevroobligatsiyalar emissiya qilindi.

Powered by Froala Editor