Paragvay prezidenti Ueno Bank atrofidagi inqiroz fonida iste’foga çiqdi

Dunyo

Paragvay prezidenti Santyago Penya Ueno Bank atrofidagi moliyaviy inqiroz fonida iste’foga çiqishini e’lon qildi. Biroq Deputatlar palatasi uning iste’fo haqidagi arizasini rad etib, impiçment jarayonini boshlashni yoqladi. Shu sababli davlat rahbarining kelajagi masalasi Kongressda qolmoqda.

Paragvay prezidenti Ueno Bank atrofidagi inqiroz fonida iste’foga çiqdi
Penya 5 noyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan videomurojaatida qarorini bildirdi. U qarorini mamlakat barqarorligi va demokratik institutlarni saqlaş bilan izohladi. U fuqarolardan uzr sö rab, ularning işonçini oqlay olmagan bölsa, bundan afsusda ekanini bildirdi. Penya uçun asosiy vazifalardan biri Ueno Bank omonatçilariga mablağlarini qaytariş ekanini ta’kidladi.

Inqiroz Markaziy bank Ueno Bank faoliyatiga aralaşgaç boşlandi. Regulyator 2 noyabr kuni bankning moliyaviy hisobotlariga tuzatiş kiritilgandan keyin tölov qobiliyati körsatkiçi qonunda belgilangan eng kam darajaning yarmidan ham pastga tuşgani sababli, bir ovozdan bankni tartibga soliş jarayonini boshladi. Bank xizmatlari töxtatilib, mijozlar hisobvaraqlariga kira olmay qoldi.

EFE agentligi ma’lumotiga köra, bankning qariyb 2,9 million mijozi bö lgan. Bu katta yoşli aholining qariyb 60 foizidir. U 800–850 million dollar davlat mablağlarini, jumladan pensiya va soğliqni saqlaş fondlari mablağlarini boşqargan. Markaziy bank omonat kafolati böyiça tölovlarni boshladi. Dastlab belgilangan şartlarga javob beradigan mijozlarga 10 million guaranigaça mablağ qaytariladi.

Muxolifat Penyani Ueno bilan boğliq guruhdagi avvalgi biznes aloqalari sababli manfaatlar töqnaşuvi va davlat mablağlaridan notöğri foydalanişda aybladi. Penya ayblovlarni rad etdi. Reuters xabariga köra, u Grupo Vázquezdagi uluşini 2025-yil mart oyida sotganini aytgan.

Inqiroz omonatçilar, pensionerlar va işçilarning norozilik namoyişlariga sabab böldi. Deputatlar palatasi iste’foni rad etib, impiçment jarayonini ma’qulladi. Yakuniy qarorni Senat qabul qiladi. Iste’fo qonuniy tartibda qabul qilingan taqdirdagina vitse-prezident Pedro Alliana prezidentlikni qabul qilişi mumkin. Bu esa siyosiy vaziyatni yanada oğirlashtirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing