Pavel Durov Rossiya va BAAning konsullik yordamidan voz kechdi

Dunyo

Telegram asoschisi Pavel Durov, Fransiyaga kelganidan so‘ng paydo bo‘lgan rasmiy da’volar tufayli hibsga olingan, ammo u Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarining diplomatik yordamini rad etdi. Bu haqda Fransiya hukumati manbasiga tayanib, Politico xabar berdi.

Pavel Durov Rossiya va BAAning konsullik yordamidan voz kechdi
Fransuz hukumati ma'lumotiga ko‘ra, Durov Rossiya va BAA konsullik yordamidan voz kechgan bo‘lsa-da, BAA elchixonasi bilan aloqada qolishga rozi bo‘lgan. Shu bilan birga, BAA diplomatlari fransuz rasmiylari va Durovning vakillari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, avvaliga Durovning advokatlari Rossiya tomonidan ko‘rsatilgan yordamni qabul qilishga rozilik bildirgan, ammo keyinchalik ular bu takliflarga javob bermaganlar. Durov hozirda to‘rtta davlatning fuqaroligiga ega: Rossiya, Fransiya, BAA va Sent-Kits va Nevis.

Pavel Durov 24-avgust kuni shaxsiy samolyoti bilan Parijga kelganida hibsga olingan va to‘rt kundan so‘ng kafolat puli evaziga ozod etilgan. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlangan. Rasmiylar Telegram orqali zararli kontent tarqatishning oldini olmaslik va politsiya bilan hamkorlik qilmaslikda Durovni ayblashmoqda.

Durov kecha birinchi marta o‘zining hibsga olinishi haqidagi da'volarga javob berdi va Telegramni "anarchik jannat" deb atashni rad etdi. Shuningdek, u fransuz hukumatiga Telegramdagi zararli postlarga qarshi kurashni kuchaytirishga va'da berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing