Pentagondan sakkiz baravar katta: Misr yangi harbiy boshqaruv markazini ochdi
Dunyo
Misr Qurolli kuchlarining yangi strategik qo‘mondonlik shtabini — norasmiy ravishda «Oktagon» deb atalgan ulkan harbiy-ma’muriy majmuani ochdi. Qurilish maydoni bo‘yicha obyekt AQShdagi Pentagondan qariyb sakkiz baravar katta.
Majmua Qohiradan sharqda barpo etilayotgan Yangi ma’muriy poytaxtda joylashgan. Uning qurilish maydoni 4,6 million kvadrat metrdan oshadi. Taqqoslash uchun, Pentagonning maydoni qariyb 600 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Shtabning umumiy hududi esa 9 ming gektardan ortiq.
«Oktagon» nomi majmuaning sakkizburchak me’moriy shakli bilan bog‘liq. Binolar aylana shaklida joylashtirilgan, markazda esa boshqa korpuslar bilan ichki yo‘laklar orqali bog‘langan ikkita asosiy qo‘mondonlik binosi joylashgan. Shtab Misr Qurolli kuchlarini strategik boshqarishning yagona tizimi sifatida yaratilgan.
Ochilish marosimida Prezident Abdul Fattoh as-Sisi, Bosh vazir Mustafo Madbuliy va mamlakatning oliy harbiy rahbariyati ishtirok etdi. Misr rahbari yangi shtabni «buyuk Misr xalqiga qo‘yilgan yodgorlik» hamda davlatning tinchlik va barqarorlikni ta’minlash salohiyati ramzi deb atadi.
Misrlik harbiy ekspertlar ma’lumotiga ko‘ra, majmua havo va raketa hujumlaridan muhandislik himoyasiga ega. Kiberxavfsizlik, himoyalangan aloqa, radioelektron bostirish, kommunikatsiyalarni tutib olish va josuslikka qarshi tizimlarga alohida e’tibor qaratilgan.
«Oktagon» Misr armiyasining asosiy strategik muvofiqlashtirish markaziga aylanishi kutilmoqda. Uning ochilishi davlat idoralarini Qohiradan ko‘chirish va mamlakatning yangi siyosiy-ma’muriy markazini yaratishga qaratilgan Yangi ma’muriy poytaxt loyihasining bir qismidir.

Powered by Froala Editor