Perfectum mulkdorlar tarkibini o‘zgartirmoqda: Qo‘mita yangi bitimni ma’qulladi
Biznes
Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi mobil aloqa operatori Perfectumning 50 foiz ulushini tadbirkor Farhod Mamatjonov tomonidan sotib olish bo‘yicha bitimni ma’qulladi. Qaror telekommunikatsiya sohasidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Qo‘mita Rubicon Wireless Communication (Perfectum) kompaniyasining 50 foiz ulushini sotib olish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqdi. Maxsus komissiya bitim raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi haqida xulosa chiqarib, iqtisodiy konsentratsiyani tasdiqladi.
Yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda kompaniyaning 50 foizi Abdumalik Iminovga, 37,5 foizi IMC-Capital kompaniyasiga, 12,5 foizi esa Kamron Akbarovga tegishli.
Perfectum’ga qiziqish kompaniyani keng ko‘lamda modernizatsiya qilish rejalari bilan bog‘liq. Farhod Mamatjonov 2024 yil avgust oyida Buyuk Britaniyaning Vodafone kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda yangi telekommunikatsiya loyihasini amalga oshirish niyatini ma’lum qilgan edi. Loyiha qiymati 250 million yevro etib baholangan.
Loyihada Finlandiyaning Nokia kompaniyasi ham texnologiyalar va uskunalar yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishi rejalashtirilgan. Moliyalashtirish investorlarning o‘z mablag‘lari hamda kredit resurslari hisobidan amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Bitimning ma’qullanishi Perfectum’ni rivojlantirishning navbatdagi bosqichi bo‘lib, aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor