Prezident Administratsiyasida islohotlar

O'zbekiston

O‘zbekistonda Prezident Administratsiyasining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi. Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev "Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, tashabbuskorlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi tegishli farmonni imzoladi.

Prezident Administratsiyasida islohotlar
Islohot davlat apparatini optimallashtirish va ustuvor sohalardagi ishlarni kuchaytirishga qaratilgan. Natijada:

284 ta shtat birligi qisqartirildi, bir-birini takrorlovchi lavozimlar olib tashlandi;

Administratsiya faoliyatining beshta ustuvor yo‘nalishi belgilandi: ta’lim, biznes muhiti, sog‘liqni saqlash, suv resurslari va sud-huquq tizimi;

Ushbu sohalarda manzilli ishlash uchun 5 ta yangi Administratsiya rahbari o‘rinbosarlari lavozimlari joriy etildi;

Prezidentning strategik rivojlanish va tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchilari lavozimlari joriy etildi;

Yangi departamentlar tashkil etildi, ular orasida:

moliyaviy texnologiyalar bo‘yicha;

raqamlashtirish va sun’iy intellekt;

kreativ iqtisodiyot va turizm;

jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi;

yig‘ilishlar va tashriflarga tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha;

shuningdek, kommunikatsiyalar departamenti.

Ushbu o‘zgarishlar boshqaruvda proaktiv va tahliliy yondashuvni kuchaytirishga, shuningdek, davlat boshqaruvi sohasida zamonaviy vositalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing