Prezident Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24-iyun kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Prezident Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi
Tashrif davomida Ulan-Bator shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tomonlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarini yanada rivojlantirish, turli sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qiladilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing