Prezident Pekinda Xitoyning yirik korporatsiyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
O'zbekiston
Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Ular O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshirishga katta qiziqish bildirdi.
Uchrashuvda China Gold, China Datang, Tianjin Rail Transit, Jinchuan Group, China Synfuels, Mizuda, World Agriculture va boshqa kompaniyalar rahbarlari qatnashdi. O‘tgan yilda Xitoy investitsiyalari hajmi 10 mlrd dollardan oshdi. Muhokama qilingan yo‘nalishlar: energetika, transport, geologiya, qishloq xo‘jaligi, kimyo, zargarlik sanoati, infratuzilma va turizm.
Prezident alohida tarzda China National Petroleum Corporation (CNPC) boshqaruv kengashi raisi Daj Houlyan bilan uchrashdi. Korporatsiyaning O‘zbekistonga kiritgan investitsiyalari 5 mlrd dollardan oshdi. Yangi loyihalar qatorida gaz omborlari qurilishi, infratuzilmani modernizatsiya qilish va innovatsion yechimlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, Prezident China National Building Materials (CNBM) rahbari Chjou Yusyan bilan muzokara o‘tkazdi. Kompaniya shamol va quyosh elektr stansiyalari, energiya saqlash tizimlari, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish kabi loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, sanoat korxonalarida energiya samaradorligini oshirish dasturida qatnashadi. Erishilgan kelishuvlarni tezkor amalga oshirish uchun alohida “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Powered by Froala Editor