Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatish imkoniyati va Kiyev bilan aloqalar saqlanib qolganini bildirdi

Dunyo

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyati saqlanib qolayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalo Rossiya va Ukraina kelishib olishi kerak, boshqa davlatlar, jumladan AQSh va Xitoy esa tomonlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Putin Ukrainada tinchlik o‘rnatish imkoniyati va Kiyev bilan aloqalar saqlanib qolganini bildirdi
Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida chiqish qilib, tinch yo‘l bilan kelishuvga erishish imkoniyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga ijobiy javob berdi. “Imkoniyat bormi? Ha, mening fikrimcha, bor”, dedi u. Rossiya prezidenti asosiy qarorni mojaroga bevosita jalb qilingan davlatlar qabul qilishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi aloqalar, avvalo maxsus xizmatlar orqali, saqlanib qolayotganini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, bunday aloqalar hozir ham davom etmoqda.

Putin ehtimoliy muloqot istiqbollarini jangovar harakatlar bilan bog‘liq vaziyat hamda Kiyevning so‘nggi bayonotlari bilan bog‘ladi. Uning aytishicha, fuqarolik aviatsiyasiga tahdidlar ikki tomonlama tinchlik muzokaralarini o‘tkazish imkoniyatlarini murakkablashtirmoqda.

Rossiya tomoni avval ham Ukraina masalasida siyosiy-diplomatik aloqalarni davom ettirishga tayyorligini bildirgan va harbiy harakatlarni yakunlash masalasini Moskva ilgari surgan maqsadlarga erishish bilan bog‘lagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing