Putin va Zelenskiy uchrashuvi yaqin haftalarda bo‘lishi mumkin
Dunyo
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Fox News telekanaliga bergan intervyusida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi ehtimolini istisno etmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin uch hafta ichida bu borada “yaxshi yangiliklar” paydo bo‘lishi mumkin.
Uitkoffning ta’kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ham uchrashuvga qo‘shilishi mumkin. Biroq u aniq natijaga erishish imkoni bo‘lmasa, muzokaralarda qatnashmaydi.
AQSh tomoni Rossiyaning pozitsiyasini tushunishini bildirgan, biroq Kiyev ayrim masalalar bo‘yicha Amerika bahosiga qo‘shilmayotgani qayd etildi.
AQSh tomoni Rossiyaning pozitsiyasini tushunishini bildirgan, biroq Kiyev ayrim masalalar bo‘yicha Amerika bahosiga qo‘shilmayotgani qayd etildi.
Powered by Froala Editor