Sherzod Shermatov Qatar Milliy banki rahbariyati bilan uchrashdi
Texnologiya
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 19-mart kuni Qatar Milliy banki rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu xaqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda mehmonlarga IT Park imkoniyatlari, unda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berilib, taqdimot o‘tkazildi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda biznes-jarayonlari autsorsingini kengaytirish, “Zero Risk” dasturi va bir qator tashabbusli loyihalar muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston uchun jahon bozorlarda yangi raqamli ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, raqamli iqtisodiyot va raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar taqdim etish, raqamli tadbirkorlikni rag‘batlantirish masalalarga e’tibor qaratildi.

Powered by Froala Editor