Qirg‘iziston rahbari AQShdan mamlakat ishlariga aralashmaslikni so‘radi

Dunyo

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov AQSh va boshqa mamlakatlarni davlatning ichki ishlariga aralashmaslikka, kechayotgan jarayonlarni xolisona baholashga chaqirdi.

Qirg‘iziston rahbari AQShdan mamlakat ishlariga aralashmaslikni so‘radi
U teng huquqli hamkorlikka intilishi va turli davlatlar va xalqaro hamkorlar, jumladan, AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ta’kidlab, Qirg'izistonning ichki ishlariga aralashmaslikni so'radi.

Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning respublika rahbariga yo‘llagan murojaatiga javoban ma’lum qilindi. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri 11-fevral kuni Jeenbek Kulubayev AQShning Bishkekdagi elchisi Lesli Vigeri bilan uchrashib, Qirg‘izistondagi fuqarolik jamiyatidan xavotir bildirgan Davlat kotibining xabarini yetkazdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing