QIWI bank hamyonlardan pul mablag‘larini to'ldirish va yechib olishga cheklov qo’ydi
Iqtisodiyot
Dastlab kompaniya mijozlarga pul mablag‘larini to'ldirish va yechib olishga ruxsat bergan, biroq keyinchalik QIWI bank litsenziyasi bekor qilingani sababli bu operatsiyalar to’xtatildi.
Rossiya Markaziy banki 21-fevral kuni QIWI bank aksiyadorlik jamiyatidan bank operatsiyalari uchun litsenziyani qaytarib oldi. Bu qarorga bankning bank faoliyatini tartibga soluvchi federal qonunlar, shuningdek, Rossiya banki me’yoriy hujjatlarini buzganligi sabab bo‘ldi.
Bank jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari talablarini muntazam ravishda buzgan.
Bank jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlari talablarini muntazam ravishda buzgan.
Powered by Froala Editor