Qizil ogohlantirish: “Pedro” bo‘roni Fransiya g‘arbiga yaqinlashmoqda
Dunyo
Fransiyaning to‘rt departamentida suv toshqinlari xavfi sabab eng yuqori — “qizil” ogohlantirish darajasi joriy etildi. “Pedro” bo‘roni allaqachon suvga to‘ygan hududlarga kuchli yomg‘ir olib kelishi kutilmoqda, minglab odamlar evakuatsiya qilindi.
Maksimal ogohlantirish rejimi Primorskaya Sharanta, Jirondа, Lo va Garonna hamda Men va Luara departamentlarida joriy etildi. Yana to‘qqiz departamentda “to‘q sariq” darajadagi ogohlantirish amal qilmoqda.
Qisqa tanaffusdan so‘ng Bretan hududida yana yomg‘ir boshlandi. Ekologik o‘tish vaziri Monik Barbyuning aytishicha, tuproq namligi 1959 yildan beri kuzatilmagan rekord darajaga yetgan. U buni iqlim o‘zgarishi bilan bog‘ladi. Hukumat tabiiy ofatdan zarar ko‘rgan hududlarga yordam ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Vaziyatni murakkablashtirayotgan omil shuki, yangi yog‘ingarchilik allaqachon suvga to‘ygan hududlarga tushadi. Lo va Garonna departamentida qariyb 1700 kishi evakuatsiya qilindi. Anje meri so‘nggi 25 yil ichidagi eng yirik toshqin qayd etilganini aytdi.

Powered by Froala Editor