Qohirada Falastin-Isroil mojarosini hal qilishga qaratilgan “tinchlik sammiti” boʻlib oʻtdi

Dunyo

Unda Yevropa, Arab va Afrikaning o‘nlab davlatlaridan rahbarlar, tashqi ishlar vazirlari va diplomatlar ishtirok etdi. Ular qo'shma yakuniy bayonotni qabul qila olmadilar, deb xabar beradi Reuters.

Qohirada Falastin-Isroil mojarosini hal qilishga qaratilgan “tinchlik sammiti” boʻlib oʻtdi
The New York Times manbalarining qayd etishicha, Yevropa yetakchilari Isroilning HAMASdan himoyalanish huquqi qayd etilmagan qo‘shma deklaratsiya loyihasini imzolay olmasliklarini oldindan bilgan holda tashrif buyurgan.

Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok sammitdagi nutqida “Dunyodagi har bir davlat kabi Isroil ham oʻzini va xalqini terrordan himoya qilish huquqiga ega”, dedi va mudofaa “xalqaro huquq doirasida amalga oshirilishi kerak” aytdi.

Falastin maʼmuriyati rahbari Mahmud Abbos sammit ishtirokchilariga falastinliklar “o‘z yurtlaridan quvib chiqarilmasligini” aytdi. O‘z navbatida Fransiya G‘azoga gumanitar koridor yaratishga chaqirdi, bu esa o‘t ochishni to‘xtatishga olib kelishi mumkin.

Reuters’ning qayd etishicha, Britaniya va Germaniya Isroil harbiylarini bosiqlikka chaqirgan, Italiya esa vaziyatning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini aytgan.

Sammitda AQShning yagona vakili sifatida AQShning Misrdagi Muvaqqat ishlar vakili qatnashgan, lekin omma oldida nutq so‘zlamagan. Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel sammitning asosiy maqsadi “bir-birini tinglash” ekanini ta’kidlagan.

Isroildan esa vakillar ishtirok etmagan. Reuters va The New York Times ushbu uchrashuvga Isroil vakillari taklif qilinganmi yoki yo‘qmi, aniqlik kiritmagan. Shu bilan birga, Haaretz gazetasi isroillik siyosatchilar sammitda ishtirok etmasliklarini “aniq bildirgan”ini yozgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing