Qozog‘iston va Xitoy investitsiya forumida 10 ta bitim imzoladi
Iqtisodiyot
Qozog‘iston va Xitoy investitsiya hamda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha 10 ta bitim imzoladi. Hujjatlar «Qozog‘iston — Xitoy» investitsiya forumi doirasida rasmiylashtirildi. Forumda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ikki davlat iqtisodiy hamkorligining keyingi yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Toqayevning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $50 mlrdga yaqinlashgan. Xitoyning Qozog‘iston iqtisodiyotiga kiritgan investitsiyalari $29 mlrddan oshgan. Yirik qo‘shma loyihalar portfeli esa umumiy qiymati $62 mlrddan ortiq bo‘lgan 260 ta tashabbusni o‘z ichiga oladi.
Imzolangan hujjatlar bir qator tarmoqlarni qamrab oladi. Ular alyuminiy, kimyo mahsulotlari, jumladan karbamid ishlab chiqarish korxonalarini qurish hamda energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Qayta tiklanuvchi energetikaga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bitimlar doirasida umumiy quvvati 450 MVt bo‘lgan shamol energetikasi loyihalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, avtomobil kompleksi va ixtisoslashtirilgan investitsiya jamg‘armasini tashkil etish rejalashtirilgan.
Forumdagi nutqida Toqayev ikki mamlakat hamkorligi alohida investitsiya loyihalaridan kengroq ishlab chiqarish va texnologik sheriklikka o‘tayotganini ta’kidladi. U sanoat, transport va logistika, muhim minerallar, raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligini istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.
Tomonlar ikki tomonlama savdo hajmini yanada oshirish ustida ham ishlamoqda. Toqayev ma’lumotiga ko‘ra, uzoq muddatli maqsad tovar ayirboshlashni $100 mlrdga yetkazishdan iborat.

Powered by Froala Editor