Qurbon Hayitida ichki turizm uchun chegirmalar joriy etiladi

O'zbekiston

2025-yil 6-8-iyun kunlari O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash kunlari sayyohlarga joylashtirish uchun chegirmalar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishda imtiyozlar taqdim etiladi.

Qurbon Hayitida ichki turizm uchun chegirmalar joriy etiladi
Hukumat rasmiy portalida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Qurbon hayiti munosabati bilan 6-8 iyun kunlari O‘zbekistonning qator hududlaridagi mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalariga 20 foizgacha chegirmalar taqdim etiladi.

Shu bilan birga, "Vaqf" fondi liniyasi bo‘yicha pullik diniy ziyorat obyektlarida fuqarolarning ayrim toifalari uchun imtiyozlar amal qiladi. Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va bolalar bepul kiritiladi.

Chora-tadbirlar ichki turizmni targ‘ib qilish va bayram kunlarida madaniy-diniy obyektlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash doirasida amalga oshirilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing