Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 27 ming nafarga yaqinlashdi

Dunyo

7-oktabrdan beri Isroil hujumlarida yaralanganlarning umumiy soni 65 636 nafarga yetdi.

Isroilning G‘azodagi tajovuzi qurbonlari soni 27 ming nafarga yaqinlashdi
Falastin Sog'liqni saqlash vazirligining G'azo sektori vakili Ashraf al-Qudraning aytishicha, 7-oktyabrdan beri blokadadagi G'azo sektorida Isroilning davom etayotgan hujumlari natijasida halok bo'lgan falastinliklar soni 26 751 nafarga yetdi. Bu haqda “Anadolu” nashri xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Isroil hujumlarida yaralanganlarning umumiy soni 65 636 nafarga yetgan.

“Halok bo'lganlarning jasadlari hali ham vayron bo'lgan binolar vayronalari ostida va yo'llar chetida qolmoqda”, deyiladi xabarda.

Al-Qudraga koʻra, tez yordam va fuqarolik mudofaa guruhlari Isroil kuchlari oʻrnatgan to'siqlar tufayli haligacha ularga yetib bora olmayapti.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing