Quyosh energetikasiga $390 mln: Nurota tumanida yangi energetika majmuasi ishga tushdi

O'zbekiston

Navoiy viloyatining Nurota tumanida 300 MVt quvvatga ega quyosh fotoelektr stansiyasi va 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimini o‘z ichiga olgan energetika majmuasi foydalanishga topshirildi. Loyihaning qiymati $390 mlnni tashkil etadi.

Quyosh energetikasiga $390 mln: Nurota tumanida yangi energetika majmuasi ishga tushdi
Loyiha Xitoyning China Energy Overseas Investment kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Loyiha doirasida 30 ta doimiy ish o‘rni yaratildi.

Majmua yiliga 657 mln kVt·soat “yashil” energiya ishlab chiqarishi kutilmoqda. O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu hajm 273 mingta xonadonning bir yillik elektr energiyasi iste’moliga teng.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 175 mln kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga 377 ming tonna zararli chiqindilar chiqarilishining oldi olinadi.

Obyektning ishga tushirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish bilan birga, 150 MVt quvvatli energiya saqlash tizimidan foydalanishni ham nazarda tutadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing