Ra’no Joʻrayeva “Uzbekistan Airports” AJ rahbarligidan ketdi

O'zbekiston

Bugun Raʼno Joʻrayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Shu munosabat bilan Javlonbek Umarxodjayev “Uzbekistan Airports” AJning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ra’no Joʻrayeva “Uzbekistan Airports” AJ rahbarligidan ketdi
Kompaniya aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining tegishli qaroriga ko‘ra, “Uzbekistan airports” AJ boshqaruv raisi Raʼno Joʻrayeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

“Ikki yarim yillik rahbarlik faoliyati davomida Raʼno Joʻrayeva kompaniyada katta o‘zgarishlarni amalga oshirishga erishdi. Xususan, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, kompaniya boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash borasidagi sa’y-harakatlari o‘zining ijobiy natijasini berdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Umarxodjayev Javlonbek Oybekovich “Uzbekistan Airports” AJning boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing