"Real" bosh murabbiyi sudga tortildi
Sport
Anchelotti qariyb 400 ming yevro miqdoridagi soliq firibgarligida ayblanmoqda.
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 400 ming yevroga yaqin soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, sud Anchelottiga nisbatan tergovni deyarli yakunlagan. Ayblovga koʻra, u “Real Madrid”dagi ilk faoliyati davomida daromadining bir qismini yashirgan. Sudya italiyalik murabbiy 2014-yilda imij huquqlaridan foydalanilishi oqibatida daromad sifatida olgan 386 361 yevroni deklaratsiya qilmagan degan xulosaga kelgan.
Anchelotti 2021-yildan beri "Real" bosh murabbiyi hisoblanadi. Bu vaqt ichida u boshchiligidagi jamoa Ispaniya chempionatida g'alaba qozonishga muvaffaq bo'ldi, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.
Anchelotti 2024-yildan boshlab Braziliya terma jamoasini boshqaradi.

Powered by Froala Editor