Rim papasi Ukraina bo'yicha tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi

Dunyo

Rim papasi Fransisk Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun zudlik bilan tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqirdi, deb yozmoqda Gazeta.ru CBS telekanaliga tayanib.

Rim papasi Ukraina bo'yicha tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirdi
Katolik cherkovining rahbari muzokaralar yo‘li bilan erishilgan tinchlik “doim cheksiz urushdan ko‘ra yaxshiroq” ekanini ta’kidladi.

"Urushni to'xtating. Tinchlik uchun muzokaralar yo'lini topishingiz kerak", — deb chorladi Rim papasi Falastinning HAMAS radikal harakati va Isroil o'rtasidagi mojaroga izoh berarkan.

Vatikan rahbari bir necha bor Ukraina mojarosi yuzasidan bayonotlar berib, tinchlikka chaqirgan. May oyining boshida u faqat Rossiya tadbirga taklif qilinishi sharti bilan Shveytsariyada Ukraina bo'yicha iyun tinchlik konferentsiyasiga qo'shilishga tayyorligini bildirgan edi.

Konferensiya 15–16-iyun kunlari Lutsern shahri yaqinida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unga 160 ga yaqin davlat taklif etilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing