Rimdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash: o‘nlab qurbonlar

Dunyo

Rimda yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi, natijada 20 dan ortiq odam jarohat oldi. Jabrlanganlarning besh nafari og‘ir ahvolda. Portlashning zarba to‘lqini yaqin atrofdagi binolarning derazalarini sindirdi.

Rimdagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash: o‘nlab qurbonlar
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga yuk mashinasining yoqilg‘i quyish shoxobchasi gaz quvuri bilan to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. Jabrlanganlar orasida, ba’zi xabarlarga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar ham bor.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing