Ronaldu — futbol tarixidagi birinchi milliardеr

Sport

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu futbol tarixida ilk bor boyligi 1,4 milliard dollardan oshgan sportchi bo‘ldi, deb xabar beradi Bloomberg.

Ronaldu — futbol tarixidagi birinchi milliardеr
Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan tuzgan shartnomasi orqali rekord daromadga erishdi. Bitim qiymati 400 million dollardan ortiq bo‘lib, unga klubdagi ulush va shaxsiy samolyotdan foydalanish huquqi ham kiradi.

Bloomberg hisob-kitoblariga ko‘ra, bu miqdor futbolchining sport faoliyati, reklama shartnomalari va investitsiyalardan olingan sof daromadlarini, soliqlar va bozor sharoitlarini inobatga olgan holda aniqlangan.

Ronaldu 2022-yil dekabrida “Al-Nasr” bilan shartnoma imzolagan. 2024-yil yakuniga ko‘ra, u dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lib, yil davomida 260 million dollar ishlab topgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing